O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Terrorizm – taraqqiyot kushandasi

2019-05-10 | Jamiyat

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3 mayida tasdiqlangan «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida» gi qaroriga asosan Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari uchun “Terrorizm – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi vakillari L.Boboxo‘jayeva hamda X.Boyxo‘rozovlar mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr muloxazalari bilan qatnashdi.

Ular ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya muammolari, globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya tizimi orqali yoshlarning qat’iy fuqarolik pozitsiyasini, ularning ongida zo‘ravonlik va yot g‘oyalarga murosasizlikni shakllantirish, ekstremizm va terrorizm umumiy targ‘ibot-tashviqot ishlari, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda O‘zbekiston yondashuvlarining xalqaro-siyosiy ahamiyati va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha fikr yuritdilar.

Поделиться