O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ezgu ishlarning davomi

2019-05-10 | Jamiyat

O’tganlarning aziz xotirasini yod etish, ularga ehtirom ko’rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, yurtimizda qutlug’ Ramazon oyi fayzu tarovati kezib yurgan ayni kunlarda ado etilgan bunday ezgu amallar o’zgacha ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Vatan oldidagi burchini ado etish chog’ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo’lida halok bo’lgan mard va jasur o’g’lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko’rsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir”.

Bugun Qashqadaryo viloyatiIchki ishlar boshqarmasi qoshida “Xotira monumenti”ning ochilishi ham ushbu ezgu ishlarning davomidir.

“Xotira monumenti”da ichki ishlar tizimida samarali xizmat qilib, jinoyatchilarni qo’lga olish, zararsizlantirish hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo’lgan 15 nafar fidoyi xodimlar siymosi aks ettirilgan. Vatanimizning bu jasur va matonatli farzandlari el-yurt osoyishtaligini asrash yo’lida o’zlarining aziz jonlarini ham ayamaganlar. Ularning jasorati tizimda xizmat qilayotgan har bir xodim uchun ibrat namunasi, asl fidoyilik maktabidir.

Ularning ayrimlari haqida qisqagina to’xtalib o’tsak. Kitob tumani ichki ishlar bo’limi profilaktika inspektori, kapitan Abdirashit Nazarov. U 1992 yilning 26 mart kuni Kitob tumani hududida o’tkazilgan “Tun” tadbirida ikki nafar o’ta xavfli jinoyatchini qo’lga olish vaqtida qahramonlarcha halok bo’lgan. Abdirashid Nazarov O’zbekiston Respublikasi PrezidentiFarmoniga asosan II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

Yana biri Shahrisabz tumani ichki ishlar bo’limi qo’riqlash bo’limi xodimi, serjant Abduhalim Toshqulov. U 2000 yilning 6 avgust kuni Surxondaryo viloyatining tog’li tumanlarida terrorchilarga qarshi o’tkazilgan jangovar harakatlar vaqtida qahramonlarcha halok bo’lgan va Prezident Farmoniga asosan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimida bir necha yil samarali mehnat qilgan marhum ustozimiz, polkovnik Abdukarim Yulbarisovning nomi ko’pchilikka yaxshi tanish. U 2003 yilning 9 aprel kuni Chiroqchi tumanida qurollangan jinoyatchini qo’lga olish bo’yicha o’tkazilgan tadbirda mardlarcha halok bo’lgan. Vafotidan so’ng Vatanimizning yuksak mukofoti – II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

Bu majmuada nurli siymolari aks ettirilgan o’n besh mard o’g’lonning har biri ko’rsatgan jasorati haqida soatlab gapirish mumkin. Bularning nomlari va ko’rsatgan jasoratlari haqida o’tgan yil poytaxtimizdagi “O’zbekiston” nashriyotida chop etilgan “Mard o’g’lonlar nomi barhayot” kitobiga kiritilgan. Qayd etish kerakki, bu kitobni mutolaa qilgan har bir kishi haqiqiy jasorat qanday bo’lishini teran anglab etadi, Vatanning asl o’g’lonlari xotirasiga chin yurakdan ehtirom ko’rsatish burchi ekanligini his etadi.

“Vatan uchun jon fido qildi”, bu aslo balandparvoz gap emas. Bu jumlani shunchaki aytib bo’lmaydi. Chunki jon fido qilish–bu uncha-buncha ish emas. Jon kimga ham shirin emas axir? Lekin, shu shirin jonni el-yurt osoyishtaligi va taraqqiyoti yo’liga fido etish, hayotini Ona-Vatani kamoli uchun baxsh etish – haqiqiy erkakning, mard va  fidoyi insonning ishidir. Bunday insonlarni xalqimiz hech qachon unutmaydi.Ularning aziz siymolari, porloq xotiralari hamisha qalbimizda yashaydi.

Поделиться