O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand davlat chet tillari institutida ispan universiteti bilan hamkorlikda til markazi ochildi
2019-05-10 | Ta’lim
SamDChTIga Ispaniyaning Kastilya La-Mancha universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Gomez boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Muzokaralarda ispan tili o‘qituvchilari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqot, shuningdek, shaharlararo turizm sohalarida ham hamkorlik o‘rnatish kabi maslalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Kastilya La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi ham imzolandi.
Shuningdek, institutning Roman-german tillari fakulteti qoshida ispan tilini yanada rivojlantirish va talabalarning bilimini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazi ochildi.