O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Ozarbayjon maslahatlashuvlari
2019-05-10 | Siyosat
2019-yilning 6-7-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Ozarbayjon vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasiga TIV Xalqaro huquq va shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rizvan Nabiyev rahbarlik qildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi siyosat idoralari vakillari tomonidan amaldagi shartnomaviy-huquqiy asosning hozirgi holati va turli sohalarga tegishli ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatidagi ishtiroki, jumladan xalqaro huquq normalarining jadal rivojlanishi va kodlashuvi masalalari yuzasidan fikr va tajriba almashildi.