O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatida 5 ta muhim tashabbusga oid seminar o‘tkazildi

2019-05-08 | Ta’lim

Joriy yilning 3 may kuni Surxondaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazida “Besh tashabbus – beshta imkoniyat” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi sho‘’basi rahbarlari, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi raisi o‘rinbosarlari, axborot-resurs hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shuningdek, Termiz shahridagi barcha umumta’lim maktabi direktorlari ishtirok etdi.

Seminarda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Umarov Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablari faoliyati, ularda olib borilayotgan ibratli ishlar bilan birgalikda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi. So‘ngra o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati ko‘rgazmali slaydlar orqali tushuntirib berildi. Ayniqsa, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlik va qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha bajariladigan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, seminar doirasida Surxondaryo viloyatida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Jumladan, ayni paytda viloyatda faoliyat yuritayotgan 15 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 12 019 nafar, 20 ta Bolalar musiqa va san’at maktablarida 4 528 nafar, 15 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida 14 398 nafar o‘quvchilar turli to‘garaklarga jalb etilganligi alohida ta’kidlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda viloyat bo‘yicha 3 422 nafar o‘quvchilarning teatr, muzey va galereyalarga tashriflari tashkil etilgan bo‘lib. 566 ta “Yoshlar teatr” studiyalariga 76 682 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Shuningdek, "Kitob xaftaligi” tadbirlarida viloyatning 162 ming nafardan ziyod o‘quvchilari faol ishtirok etgan. O‘g‘il-qizlarni kitobxonlikka targ‘ib etish maqsadida viloyat o‘quvchilariga 122 mingdan ortiq kitoblar sovg‘a qilingan.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarning barcha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha rejalashtiilgan ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.

Поделиться