O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi

2019-05-08 | Sport

Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Chellenjer" turnirida dastlabki davra bahslari o‘tkazildi.

Unda hamyurtimiz Sanjar Fayziev hindistonlik Arjun Kadxeni 5:7, 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davra bahslariga yo‘l oldi va rossiyalik Roman Safiullinga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
 
Yakkalik bahslarining ilk bosqichida tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
 
Tennis bo‘yicha Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro musobaqada Farida Marimova hamda Setora Normurodova dastlabki raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
 
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurt tennischilarimiz – Aziz Dadaboev, Berdiyor Mavlonov va Said Akbarov birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
 
Eslatib o‘tamiz, "J5" turkumidagi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida birinchi davra o‘yinlari davom etmoqda.
 

J.TOShXO‘JAEV, O‘zA

Поделиться