O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi bilan uchrashuv

2019-05-08 | Siyosat

2019-yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Darxan Satibaldini yaqindagina yuksak martabaga erishgani — mamlakatimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan ko‘lamdor islohotlar xususida qisqacha ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, mustahkam do‘stlik hamda qardoshlik rishtalariga asoslangan holda rivojlanib kelmoqda. Mamlakatlarimiz har tomonlama hamkorlikni faol olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli va samimiy muloqotlar izchilik kasb etgani diqqatga molik.

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan barcha sohada teng huquqli, o‘zaro manfaatlarga asoslangan holda hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib keladi. Bu jarayonda, tabiiyki, mamlakatlarimizning parlamentlararo hamkorlik aloqalari ham muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakillari Qozog‘iston Respublikasiga turli xalqaro anjumanlar, seminar va ilmiy forumlarda ishtirok etish uchun ko‘plab marotaba tashrif buyurgan. O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasining deputatlari ham ko‘p bor yurtimizda bo‘lib, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan. Umuman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Qozog‘iston Respublikasi parlamenti vakillari o‘rtasidagi o‘zaro delegatsiyalar tashriflari, uchrashuvlar, do‘stona va samimiy muloqotlar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining yangi bosqichida muhim o‘rin tutyapti. Ikki davlat qonun chiqaruvchi organlarining hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida elchiga mamlakatimiz Oliy Majlis quyi palatasining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qo‘mita va fraktsiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida so‘zlab berildi.

O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi samimiy suhbat uchun tashakkur izhor qilar ekan, konstruktiv va amaliy ruhdagi  muloqotlarni izchil davom ettirish, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, bu borada hamkorlikdagi tadbirlarni ko‘paytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi. 

Muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikdagi sohalar ko‘lamini yanada kengaytirish xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться