O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi harbiy texnik instituti va O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l o‘rdi.
Institutining Jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 6 nafar kursantlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi o‘zlariga biriktirilgan maktab va akademik litsey sport zallarida har kuni Jiu-jitsu bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradi.
Toshkent shahar “Yoshlar markazi” majlislar zalida bo‘lib o‘tgan “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ular orasida sportni yanada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar davomida kursantlarga Jiu-jitsu sport turini yoshlarga o‘rgatish huquqini beruvchi murabbiylik litsenziyalari tantanali ravishda topshirildi.
Yig‘ilish davomida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti kafedrasi boshlig‘i, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik Kamol Hoshim Usmonov so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Jiu-jitsu jang san’ati” nomli amaliy qo‘llanmaning qisqacha mazmun-mohiyati yoritilib, amaliy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.
Nazokat Rajabova, O‘zA