O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yurtimizning sayyohlik salohiyati Dubayda namoyish etildi

2019-05-07 | Turizm

2019 yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining Dubayga tashrifi doirasida yurtimizning sayyohlik salohiyati namoyishiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Fly Dubai” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda “Arabian Travel Market 2019” xalqaro turizm ko‘rgazmasida qatnashgan O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari, turoperatorlari, mehmonxonalar va klinikalar vakillari ishtirok etishdi. Taqdimotga yigirmaga yaqin yirik xorijiy turoperator va investorlar tashrif buyurishdi.

O‘zbekistonning turli viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan, barcha yo‘nalishlardagi turistik faoliyatlarni qamrab oluvchi videoroliklar namoyishi xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida “Fly Dubai” aviakompaniyasi ham o‘zining elektron marketing tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Unda kompaniyaning aviachiptalar, turoperatorlik, mehmonxona xizmatlari bo‘yicha onlayn sotuvlar turlari namoyish qilindi.

Taqdimot yakunida “Fly Dubai” aviakompaniyasi tomonidan savol-javob viktorinasi tashkillashtirildi. Unda faol ishtirok etgan qatnashchilarga turli sovg‘alar, shu jumladan 2 kishiga O‘zbekistonga sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turoperatorlar eng yirik xalqaro turizm ko‘rgazmalaridan biri “Arabian Travel Market 2019”da milliy stend bilan ishtirok etishgani haqida xabar bergan edik.

Поделиться