O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Termiz arxeologiya muzeyida

2019-05-06 | Madaniyat

Joriy yilning 30-aprel kuni Termiz arxeologiya muzeyiga Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i R.Kattayeva hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin xonim tashrif buyurdi.

Mehmonlarga muzey xodimi Sh.Jodjaqulova tomonidan ekskursiya o‘tkazilib, Surxondaryo viloyati tarixi, undagi arxeologik yodgorliklar, muzeyning noyob eksponatlari tanishtirildi.

Muzeyning ko‘rgazma zallariga tashrif Agrepina Shin xonimda katta taassurot qoldirdi, sayohati so‘ngida faxriy mehmon muzey haqidagi fikrlarini, muzey va uning xodimlariga bo‘lgan tilaklarini, muzeyning esdalik kitobiga yozib qoldirdi.

Termiz arxeologiya muzeyi direktori U.Xudoyberdiyev Agrepina Shin xonimga ilmiy bukletlar va muzeyning surati aks ettirilgan suvenirlarni esdalik sifatida taqdim etdi.

Поделиться