O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyatida 2019 yilning yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

2019-05-06 | Iqtisodiyot

Korxona 1939 yilda tashkil topgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 martdagi 160-sonli qaroriga asosan «Ikkilamchiranglimetall» ishlab chiqarish birlashmasi «Uzikkilamchiranglimetall» ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 iyuldagi PP-419-sonli qaroriga asosan korxona “Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi O‘ZRQ-370-sonli «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish» to‘g‘risidagi qonunga muvofiq «Ochiq aktsiyadorlik jamiyati» iborasi «Akiyadorlik jamiyati»ga o‘zgargan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 18 oktyabrdagi  № 849-sonli qaroriga asosan korxona “O‘zbekiston rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. 

Korxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 yanvardagi PF-5300-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim karorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb xasoblash to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 425-sonli «Rangli va kora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlar tartibini takomillpshtirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qarori asosida faoliyat olib boradi.

Korxonaning asosiy vazifasi respublika miqyosida rangli metal chiqindilarini va parchalarini yig‘ish, qayta ishlash va iqtisodiyotimizni barcha tarmoqlarini rangli metallar bilan ta’minlashdan iboratdir.
Mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, transport, korxonamiz mahsulotlarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Bundan tashqari iste’mol mollari ishlab chiqarishda va xunarmandchilikda ham rangli metallardan keng foydalanilmoqda.

Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi Xisobot davrida korxonada sanoat mahsulotining ishlab chiqarish o‘sish sur’ati 129,5 % tashkil etdi. 2019 yilning yanvar-mart oylari prognozi 125,9 %ga bajarildi.

Mahsulot eksporti.  Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turli xorij davlatlariga eksport qilinadi. 2018 yilning yanvar-mart oylarida prognozga nisbatan 159% mahsulot eksport qilingan. 

Mahsulotni sertifikatsiyalash.  Barcha ishlab chiqiladigan sanoat mahsuloti-rangli metal parchalari va rezgi-chiqitlari, alyumin va mis qotishmalari, hamda halq iste’moli tovarlari Milliy sertifikatsiya tizimida sertifikatlangan. Sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestirida ro‘yhatga olingan.

Toshkent shahar sertifikatsiyalash va sinash mavrkazi tomonidan har yili sertifikatsiyalangan mahsulotni standartlarga javob berishiga inspektsion nazorat  o‘tkazadi.

Standartga javob berish sertifikati uch yillik muddatga beriladi. Undan keyin ishlab chiqqan mahsulotni sertifikatsion sinovlari yana o‘tkazildi.
Sifatni boshqarish tizimini joriy etish. XII “Toshkent rangli metal parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” OAJ halqaro standart ISO-9001-2015  bo‘yicha Sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan. Muvofiqlik sertifikati olingan.

ISO 9001-2015 halqaro standartlari talablariga asosan GMSCERT  № 130219-9 berilgan.

Bu buyuritmachini ishlab chiqilgan mahsulot sifatida shubxa tug‘ilmasligiga olib keldi, savdo bozori doirasini kengaytirdi.

Korxonada atrof muhitni boshqarish (ISO 14001 standarti bo‘yicha ekologik menedjment va ONSAS 18001 standart bo‘yicha sanoat xavfsizligini boshqarish) menedjmentini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.    

Поделиться