O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va XXR mamlakatimizda Xitoy ishbilarmon doiralari uchun huquqiy maslahat markazi tashkil etish istagida
2019-05-03 | Jamiyat
Joriy yilning 2-may kuni Toshkentdagi O‘zbekiston-Xitoy savdo uyida O‘zbekistondagi Xitoy korxonalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov va XXR adliya vaziri Fu Chjenxua ishtirok etishdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni muttasil ortib bormoqda va hozirgi kunda qariyb mingtani tashkil etadi. Uchrashuvda Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari va sarmoyadorlari O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhitning joriy holati va o‘zbekistonlik sheriklar bilan savdo aloqalarini yanada rivojlantirish haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Xitoyning savdo-iqtisodiy va investitsiya salohiyati rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omillar hamda bojxona, soliq sohalari va o‘zaro manfaatli boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Adliya vazirligi tomonidan ularni xitoylik hamkorlar bilan hal etish mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va sarmoyalar oqimini oshirish imkonini berdi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv chog‘ida adliya vaziri Ruslanbek Davletov biznes yuritish va Xitoy investitsiyalarini jalb qilish maqsadida O‘zbekistonda huquqiy maslahat markazi tashkil etishni taklif qildi. Taklif Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari tomonidan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, tadbir Xitoy adliya vazirining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.