O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birlashgan Arab Amirliklarining «EMAAR Properties» kompaniyasi Toshkentda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida ishtirok etadi

2019-05-03 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev va Birlashgan Arab Amirliklari «EMAAR Properties» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Abbora ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida yuqori martabali mehmon O‘zbekistonda davlat va jamiyat rivoji yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etib, hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasida yuqori darajadagi delegatsiyalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgani, hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuv va imzolangan bitimlar o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishini e’tirof etdi.

Uchrashuv davomida hokimiyat tomonidan taklif etilgan xorijiy hamkorlar, xususan, Buyuk Britaniyaning «Benoy» hamda Turkiyaning «Iki Group Design» kompaniyalari arxitektorlari Toshkent shahrini zamonaviy arxitektura talablari asosida yangilashga qaratilgan loyiha taqdimotini o‘tkazishdi.

O‘z o‘rnida Birlashgan Arab Amirliklarining «EMAAR Properties» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Abbora shu yo‘nalishda o‘z vatanida olib borilgan keng ko‘lamli tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida savdo, iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalarda, jumladan, bunyodkorlik yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama hamorlikni yanada taraqqiy ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Поделиться