O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshladi

2019-05-03 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e’lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

1994 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16 aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.

Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bushashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22 aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib boriladi. Agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi.

Поделиться