O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat qo‘mitalarining majlislari bo‘lib o‘tdi

2019-05-03 | Siyosat

2019 yilning 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlament yuqori palatasi qo‘mitalarining majlislari bo‘lib o‘tdi.

Ularda Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosiga doir hisobotini dastlabki tarzda muhokama qildi.

Xususan, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisida Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil birinchi choragida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli vazifalarga erishish yo‘lida bajarilgan ishlar  to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, vazirlik faoliyatida ustuvor yo‘nalishlar qatorida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilgan.  Jumladan, ona  suti    bilan oziqlantirish darajasini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Bundan tashqari,  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida umumiy amaliyot shifokorlari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun vaktsinalar xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy kengashida     muhokama qilinib tasdiqlangan. 

Hududiy     tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladigan yuqori texnologik jarrohlik  muolajalar ulushini yanada oshirish maqsadida barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlarining aholiga hududiy shifo maskanlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan. Shu bilan birga, ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda olib borilayotgani qayd etildi.

 Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining majlisida senatorlar Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi tomonidan 2019 yil birinchi choragida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli vazifalarga erishish yo‘lida bajarilgan ishlar  to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.

Qayd etilganidek, vazirlik tomonidan hisobot davrida aholini zilzila, sel oqimlari, toshqin suvlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlarga keng jalb qilish, profilaktik tadbirlarni yuqori darajada tashkil qilib, tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar ro‘y berish xavfi yuqori hududlarni to‘liq qamrab olish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida favqulodda vaziyatlar xavfida aholini xabardor qilish va xabar berishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi va unga chegaradosh hududlarda sodir bo‘ladigan zilzilalar parametrlarini aniqlash samaradorligini oshirish maqsadida 35 ta seysmik stantsiya uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish belgilangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari avariya-qutqaruv texnikalari, suvda suzish jihozlari, g‘ovvoslik asbob-anjomlari bilan ta’minlash ishlarini yaxshilash rejalashtirilgan.

O‘ta muhim 188 ta ob'yektda tashkil etilgan qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish sohasida attestatsiyadan va tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlarini joriy yilning II-III choraklarida malaka oshirish kurslarida va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitish nazarda tutilgan.  Bundan tashqari, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisida   Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019 yil birinchi choragida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli vazifalarga erishish yo‘lida bajarilgan ishlar  to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar.

Majlisda qayd qilinganidek, joriy yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha umumiy qiymati 56,5 mlrd. so‘mlik 54 ta ilmiy-texnik izlanish loyihasi bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 30 ta amaliy va 24 ta innovatsion loyiha ishlab chiqilishi belgilangan. Har bir loyihaning o‘rtacha qiymati yiliga 466,9 mln.so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 barobarga ko‘paytirilgan.

Ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmiy laboratoriya uskunalari, zarur butlovchi qismlar, sarflash materiallari va reaktivlari bilan ta’minlash maqsadida  joriy yilda Fanlar akademiyasining 11 ta ilmiy-tadqiqot instituti uchun 8,4 mln. dollar miqdorida laboratoriya jihozlari xarid qilinishi ko‘zda tutilgan. Hisobot davrida 3,9 mln. dollarlik laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun tender savdolarining dastlabki bosqichlari o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni kompleks ravishda hal qilish, shuningdek Respublika hududlaridagi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish maqsadida innovatsion ishlanmalar “buyurtmachi-tadqiqotchi-investor” elektron bazasi shakllantirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda ushbu portalda 447 ta ishlanma va 91 ta buyurtma joylashtirilgan.

Qo‘mita majlislarida Senatning yalpi majlisi kun tartibi doirasida muhokama etiladigan boshqa masalalar ham mamlakatimizning rivojlanish yo‘lida qo‘yilgan maqsadlarga erishish, fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash va demokratik islohotlar samaradorligini ta’minlashga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilganganligi bilan ahamiyatliligi ta’kidlandi.

Xususan, Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi majlisida Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotlari dastlabki tarzda eshitildi.

Senat qo‘mitalarining ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlari qabul qilindi.

Поделиться