O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston – BAA: aniq yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlik kengaymoqda

2019-05-03 | Jamiyat

Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari 2 may kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston – BAA mehnat forumida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibidan BAAning qator vazirliklar va idoralari, Savdo-sanoat palatasi, Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi va “MASDAR”, “EMAAR Properties” kompaniyalari vakillari oʻrin olgan.Joriy yilning 19 mart kuni mehnat resurslari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi oʻrtasida hukumatlararo hujjat imzolangan edi. Oʻzbekiston fuqarolari uchun BAAda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar va mehnat sharoitlari yaratishni koʻzda tutuvchi ushbu hujjatga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari oʻz hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini tashkil etishga koʻmak beradi.

Shu kabi keng koʻlamli vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor tashkil etilgan Oʻzbekiston – BAA mehnat forumida mehnat sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Sohada oʻzaro samarali faoliyatni tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish, kasbga oʻqitish markazlarini tashkil etish singari dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning qayd etishicha, Oʻzbekistonda BAA mehnat bozori uchun yuqori salohiyat va kasbiy mahoratga ega fuqarolar hamda sifatli mehnat resurslarini yetkazib berish imkoniyati mavjud. Mazkur forum mehnat sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan faoliyatni yanada rivojlantirish imkonini bergani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi hamda xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida hamkorlikka oid hujjat imzolandi.

Shu kuni delegatsiya aʼzolari mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan ham uchrashdi. Unda energetika, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy sohalar boʻyicha amaliy hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari negizida Oʻzbekiston – BAA ishbilarmonlar kengashini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Mazkur kengash ikki mamlakat tadbirkorlari tashabbuslari va qoʻshma loyihalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatiga koʻmak berishni koʻzda tutadi.

Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Sharja amirligi Savdo-sanoat palatasi tuzilmalari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boʻldi.

Muloqot chogʻida iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda yurtimizda BAA investitsiyalari ishtirokida 100 dan ziyod korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ular asosan toʻqimachilik, qurilish materiallari, meva mahsulotlarini qadoqlash, poligrafiya, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida ish olib bormoqda.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning mart oyida BAAga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari mamlakatlarimizning savdo, iqtisodiyot, investitsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda mazkur kelishuvlarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

 

Nurillo Nasriyev, Malohat Husanova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA

Поделиться