O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
https://gov.uz/media/e295ca92-5b0c-750a-b39e-ffbe096c2f4a.jpg
2019-05-03 | Jamiyat
“Yuksalish” umummilliy harakati va USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari bo‘yicha dasturi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va milliy modelini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati negizida fuqarolik jamiyati va NNTlar uchun huquqiy muhitni rivojlantirish masalalari muhokamasi va maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish uchun maxsus platforma ham tashkil etiladi.
Bundan tashqari, milliy ekspertlar va parlament a’zolari Gruziya va Bolgariya davlatlariga tashrif buyuradi.