O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

2019-05-03 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev 2019-yil 2-may kuni “Roca Group” kompaniyasining (Ispaniya) ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i Vilya Fransisko Luis bilan uchrashuv o‘tkazdi va mamlakatimizning Madrid shahridagi Elchixonasi tomonidan taklif etilgan santexnika va keramik plitka va boshqa mahsulotlarni Toshkent viloyatida ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

TIVdagi muzokaralar chog‘ida Vilya Fransisko Luis ma’lum qilishicha, O‘zbekiston xom-ashyo bazasini va bozorini o‘rganish yakuniga ko‘ra kompaniya Toshkent viloyatida va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlariga kengaytirgan holda “Roca” brendi ostida santexnika va keramik plitka ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga xorijiy tomonga respublikada investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha islohotlar hamda O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda, xususan, Afg‘onistonda qurilish materiallari bozoriga chiqish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Поделиться