O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy taʼlim sohasida Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi davom etmoqda

2019-05-02 | Ta’lim

Maʼlumki 2019 yilning mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilinishi yurtimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, jumladan taʼlim sohasida ham xalqaro investitsiyalarning kirib kelishi Respublika iqtisodiyoti uchun naqadar muhimligini koʻrsatadi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tashabbusi bilan taʼlim sohasida chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali yangi zamonaviy taʼlim muassasalarini barpo qilish va pirovardida taʼlimda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish natijasida yurtimizda taʼlim sifatini xalqaro darajaga koʻtarish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 1 may kuni Davlat inspeksiyasi rahbari professor Tashkenbaev Rossiya davlat universitetlari hamjamiyati “RACUS” taklifiga koʻra ijrochi direktor Avbakar Nutsalov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi “RACUS” vakillarining toʻliq Rossiya investitsiyasi hisobidan Oʻzbekistonning Andijon shahrida yangi zamonaviy xalqaro xususiy universitet tashkil qilish rejasi boʻlib, mehmonlar bu boradagi barcha savollariga inspeksiya rahbaridan toʻliq javoblar va koʻrsatmalar olishdi.

Maʼlumot oʻrnida xalqaro “RACUS” tashkiloti haqida asosiy maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.

“RACUS” Rossiya davlat universitetlari guruhiga 1991 yili (Sankt - Peterburg shahrida roʻyxatga olingan) bir guruh Rossiya davlat universitetlarining tashabbusi bilan asos solingan. Tashkilot nomi himoya qilingan tovar belgisi boʻlib, tashkilotning 4 departamenti qisqartirilgan nomidan tashkil topgan – RACUS: Russian Arabic Centre for University Services; Russian Asian Centre for University Services; Russian African Centre for University Services; Russian American Centre for University Services.

Поделиться