O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Portugaliya vaziri O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi obro‘sini yuqori baholadi

2019-05-02 | Jamiyat

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov Eshtoril shahrida Portugaliya hukumatining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha davlat kotibi – vaziri Joao Torresh bilan uchrashdi.

J.Sarimsoqov Portugaliya hukumatiga “Consumers International” (Xalqaro iste’molchilar tashkiloti) kongressi – sammitini yuksak darajada tashkil etishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
 
Shuningdek, O‘zbekistonda nodavlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida so‘zlab berdi.
 
Torresh janoblari O‘zbekiston rahbariyati nodavlat tashkilotlari, jumladan, federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotganini ijobiy baholadi. Bu hol mamlakatning xalqaro hamjamiyat oldidagi obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilayotganini aytdi.
 
Eslatib o‘tamiz, bugun kongress o‘z ishini yakunlaydi. Tushdan keyin uning bosh assambleyasida “Consumers International”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lgan iste’molchilar tashkilotlari vakillari, jumladan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov uning prezidenti va kengashi a’zolarini saylaydi.
 
Uzoq Xudoyqul,
Portugaliya

Поделиться