O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Xitoy adliya vazirlari uchrashdi

2019-05-02 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Adliya vaziri Fu Chjenxua rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar o‘zaro tajriba almashishni tashkillashtirish, yurisprudensiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 

Uchrashuvda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi hamda XXR Adliya vazirligi Sud ekspertiza instituti, O‘zbekiston Advokatlar palatasi va Umumxitoy yuristlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatishning muhim ekani qayd etildi. 

Ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ochiq va strategik hamkorlik yil sayin yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda. O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama asosda ham, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan BMT va ShHT tuzilmalari doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. Masalan, ShHT sammiti va “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro forumida davlatlarimiz rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston keng qamrovli sheriklik va ko‘p formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratayotganini qayd etdilar. 

Har ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida 2018 - 2020 yillarda yuridik xizmatlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo‘l xaritasi”)ni tasdiqlash to‘g‘risida kelishuv mavjud. Tomonlarning fikricha, “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini jadalllashtirish vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi. 

Tomonlar vakillarining yuridik xizmatlarga doir qo‘shma tadbirlarda ishtirok etishi, O‘zbekistonda yetakchi advokatlik firmalarining vakolatxonalarining ochish, notariat faoliyatiga AKTni joriy etish orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga texnik yordam ko‘rsatish mazkur vazifalardandir. XXR delegatsiyasi mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Поделиться