O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yekaterinburgda O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2019-05-02 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonni dunyoga tanitish, yurtimizning turizm salohiyatini ommalashtirish bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shish istagini bildirayotgan xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tashkil etilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Ural federal okrugida mamlakatimizning turizm salohiyatini taqdimot qilish va vatandoshlar bilan muloqotni yanada rivojlantirish maqsadida Ural davlat iqtisodiyot universiteti (UDIU) binosida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek diasporasi tashkilotlari rahbarlari, Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchilari va kafedra mudirlari hamda Sverdlovsk viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va faol vatandoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonning turizm industriyasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ichki turizmni rivojlantirish, yangi turizm marshurutlari, turizm logistikasi va infratuzilmasi sifatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi.

Ural davlat iqtisodiyot universiteti “Biznes turizm va mehmonnavozlik” kafedrasi mudiri Olga Ergunovaning ta’kidlashicha, Sverdlovsk viloyatidagi universitetlarda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar yuqori tayyorgarligi hamda faolligi bilan ajralib turadi. Uning fikricha, O‘zbekistonning turizm salohiyatiga qiziqish bildirayotgan rossiyaliklar soni ko‘payib bormoqda, Ural aholisi uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati istiqbolli va ommabop yo‘nalish hisoblanmoqda. Turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha Samarqand “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bilan Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga berilayotgan e’tibor uchun faol o‘zbek diasporasi vakillari, jumladan Zakir Ollaberganov, Shavkat Pulatov va Baxodir Buxarskiy o‘z minnatdorchiligini bildirishib, Sverdlovsk viloyatida o‘zbek diaspora vakillari mamlakatimizdagi ulkan o‘zgarishlarni yaqindan kuzatayotgani hamda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.

O‘zbekistonlik yoshlar nomidan so‘zga chiqqan, Ural davlat yuridik universiteti talabasi Moxinur Karimova va Ural davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Azizbek Murodillaevlar Rossiyada O‘zbekistonni ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar, mamlakatimizda turizm ta’limi va yoshlar turizmini rivojlantirish istiqbollari hamda O‘zbekiston va Ural talabalari o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berishdi.

O‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekistonning turizm mahsulotlarini ommalashtirish, mamlakatimizda gastronomik turizmni rivojlantirish yurtimizga turistlar oqimini oshirish hamda logistika masalalari bo‘yicha vatandoshlarimiz o‘zlarining fikrlari va aniq takliflarini ilgari surishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va turistlar oqimini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan vatandoshlarimiz bilan amaliy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yurtimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, mamlakatni xorijda tanitish va turizm salohiyatini ommalashtirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan faol vatandoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Поделиться