O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va GIZ qishloq xo‘jaligi kooperativlari taraqqiyoti yo‘lida hamkorlik qilishadi

2019-05-02 | Iqtisodiyot

26 aprel kuni Guliston davlat universitetida «O‘zbekistondagi barqaror qishloqni rivojlantirish» bo‘yicha boshqaruv qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyixa Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ko‘magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) boshchiligidagi konsortsium tomonidan amalga oshiriladi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘i Yulduz Abduganiyeva, Guliston davlat universiteti prorektori Sulaymonov Amaliddin, shuningdek, xalqaro ekspertlar va loyiha xodimlari ishtirok etishdi.

Loyihani amalga oshirish jarayoni taqdimotida Beate Shorayt loyihaning yutuqlarini, shu jumladan mamlakatning to‘rtta hududida qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etilganini taqdim etdi. Ushbu kooperativlar faoliyatida ilg‘or Yevropa texnologiyalaridan foydalanadi va qiymat zanjirlarini yaratish orqali mintaqalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligini kompleks rivojlantirishda kooperativlarning roli alohida qayd etildi.

«Qishloq xo‘jaligi klasterlari bilan birgalikda kooperativlar suv va yerdan foydalanish samaradorligi va xosil unumdorligini oshirishga yordam beradi - dedi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev - biz GIZ va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga kooperativlarni targ‘ib qilishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va mamlakatimizning barcha hududlarida tajriba va bilimlarni tarqatishni taklif qilamiz".

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarining o‘rinbosari «Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-4239-sonli Prezident Qarori qabul qilinganidan keyin respublikaning 4 viloyatining 8 ta tumanida 31 ta qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil etilganini ta’kidladi. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekiston fermerlari tomonidan o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligining isbotidir.

Misol tariqasida, Saidkamol Xo‘jayev Toshkent viloyatining Parkent tumanida bugungi kunda umumiy maydoni 4400 gektar bo‘lgan 9 ta kooperativ mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Boshqaruv qo‘mitasining yig‘ilishining yakunida loyihaga ijobiy baho berildi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi va loyiha o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Xususan, tomonlar O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar va trenerlarni jalb qilish orqali «ToT»(Training of Trainers - Trenerlar uchun treninglar) tamoyili asosida birgalikda ishlashga kelishib olishdi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab bilimlarni kengaytirish va fermerlarning ushbu sohada ilg‘or tajribalardan foydalanishini ta’minlaydi.

Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari, shuningdek, anor yetishtirish va anor sharbatini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan «Dexqonobod asl anori» qishloq xo‘jaligi kooperativining faoliyati bilan tanishdilar. Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari Guliston davlat universitetining eksperimental biologik laboratoriyasiga tashrif buyurishdi. Ushbu laborotoriya loyiha doirasida tuproqni tahlil qilish bo‘yicha keng qatlamdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun markaz tashkil yetilgan. Laboratoriya mintaqaning tuproq sharoitini tushunish, o‘simliklarni optimal o‘stirish va unumdorligini oshirish buyicha rejalar ishlab chiqazish uchun jihozlangan.

Поделиться