O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamyurtlarimiz GIST Tech-I-2019 tanlovi finaliga chiqdi
2019-05-02 | Innovatsiya
Saytimizda avval yozganimizdek, AQSH Davlat departamenti 2019 yil uchun “Ilm-fan va texnologiyalar, sohasida global innovatsiyalar, texnologik gʻoyalar” (GIST Tech-I) tanlovini elon qilgan. Har yili oʻtkaziladigan mazkur tanlov butun dunyodagi iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlardagi ilm-fan va texnolgiyalarga aloqasi bor tadbirkorlarni birlashtiradi.
Tanlov ishtirokchilari onlayn rejimida oʻz gʻoyalari va startaplari boʻyicha ariza beradilar, soʻng ular ekspertlar tomonidan oʻrganilib, finalchilarni aniqlash uchun umumiy ovozga qoʻyiladi. Yarimfinalchilar oʻz video-teglarini tarmoqda joylashtirib, xohlovchilar ularga ovoz berishdi. Eslatib oʻtamiz, bizning hamyurtlarimiz qayta tiklanadigan energetika yoʻnalishida erkin oqimli kichik GES barpo etish boʻyicha grantga ariza topshirishdi va mazkur loyiha tanlov yarim finaliga oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra esa ular finalga chiqishdi va Baxrayndagi Tadbirkorlar xalqaro kongressi-2019 (GEC)da oʻz loyihalarini namoyish etishdi.
GIST tanlovidagi sovrinli oʻrinlarni Keniya, Uganda, Pokiston, Gana, Mongoliya, Ekvador vakillari egalladi. Undan tashqari, tanlovning barcha finalchilari ragʻbatlantiruvchi sovgʻalarga ega boʻldi.
Tanlov doirasida Oʻzbekistondan borgan jamoa tadbirkorlik va menejment boʻyicha trening-seminarda ishtirok etib, endi kelajakda mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan jamoalar bilan tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
GIST Tech-I-2019 ga Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi vakillari ham tashrif buyurib, kongressda faol ishtirok etishdi.