O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublikada joriy yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar

2019-05-02 | Texnologiyalar

2019 yil 1 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda “Respublikada joriy yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar” yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining axboroti eshitildi. 

Yigʻilishda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzolari, Axbort texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda  boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni taʼminlashning yangi tizimini hayotga tatbiq etish doirasida joriy yil davomida 42 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan. Bugungi kunda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani, Namangan viloyati Namangan shahri, Buxoro viloyati Kogon shahri, Xorazm viloyati Urganch shahri hamda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida mazkur Markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Joriy yil yakuniga qadar ushbu Markazlarda 86 ming nafardan ortiq yoshlarni oʻqitish rejalashtirilmoqda.
 
Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida 200 dan ortiq dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish, 1 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish, milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport koʻlamini oshirish, mazkur yoʻnalishda qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
 
Oʻtgan davrda keng polosali Internetdan foydalanish imkoniyati  1,12 mln. portga, optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 30 ming km.ga, FTTx texnologiyasi asosida yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanish xizmatlaridan foydalanayotgan abonentlar soni 652,5 ming nafarga yetkazildi.
 
Wi-Fi hududlariga ulanish nuqtalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 500 dan ortiq Wi-Fi orqali Internetga ulanish nuqtalari oʻrnatilib, ishga tushirilgan.
 
“Xavfsiz shahar” loyihasini rivojlantirish doirasida umumiy qiymati 300 mln. yevro miqdoridagi investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha Atlas International (Germaniya) kompaniyasi bilan Kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, “Huawei” kompaniyasi va xitoylik boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
 
Shu bilan birga, tadbirda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yanada takomillashtirishga toʻsqinliq qilayotgan ayrim kamchilik va muammolar mavjudligi qayd etildi.
 
Tadbirda qoʻmita aʼzolari mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlar ijrosini keng miqyosda bajarish, sohani zamonaviy standartlar asosida taraqqiy ettirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish lozimligini taʼkidladilar. Bu borada zarur taklif va tavsiyalar berildi.
 
Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Поделиться