O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston - birlashgan Arab Amirliklari mehnat forumi

2019-05-02 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mehnat sohasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bugun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 19 mart kuni mehnat resurslari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi tomonidan imzolangan Hukumatlararo hujjat orqali O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishda yangi imkoniyatlar va mehnat shart-sharoitlari yaratilishi ko‘zlandi.

Ushbu keng ko‘lamli vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida 2019 yilning 2 may kuni O‘zbekistonda ilk bor “Xalqaro mehnat forumi” tashkil etilmoqda. Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi imzolanadi, o‘zaro mehnat organlarining samarali faoliyatini ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish, mehnat migrantlari va ishsizlarni kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish singari dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Forumda O‘zbekiston va BAA tomonidan 50 dan ortiq xususiy bandlik agentliklari ishtirok etishi, hamkorlik bitimlari va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

“Xalqaro mehnat forumi” O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Inson resurslari va amirlashtirish vazirligi tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida amalga oshiriladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy, O‘zekspomarkaz Milliy ko‘rgazma majmuasi.

Murojaat uchun tel: +99871 239-41-21 (276)

Поделиться