O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Koreya Respublikasi Bosh prokurori bilan uchrashdi

2019-05-01 | Siyosat

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov va Koreya Respublikasi bosh prokurori Mun Mu Il o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda inson huquqlari va xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo’yicha atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Koreyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon O’n U, Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasining Xalqaro hamkorlik markazi rahbari Yang Be Son, uning o’rinbosari San Chul Xong, Koreya Respublikasi bosh prokurorining yordamchisi Jin Su Park, O’zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari, polkovnik I. Bobomurodov, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig’i, polkovnik N. Galipshin, IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i, polkovnik Sh. G’iyosov ishtirok etdi.

General-mayor D. Nazarmuhamedov yuqori martabali mehmonni O’zbekistonga tashrifi bilan qutlab, ikki davlat o’rtasida o’zaro ishonch va hurmat bilan mustahkamlangan munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22-23 noyabrda Koreya Respublikasiga tashrifi hamda Koreya Respublikasi Prezidentining joriy yil 19-21 aprelda O’zbekistonga tashrifi bilan yangi bosqichga ko’tarilganligini ta’kidladi.

O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalariga nisbatan yondashuvlarda bir-biriga to’la muvofiqlik kasb etib keladi.

Bugungi kunga qadar ikki davlat o’rtasida 170 dan ortiq huquqiy kelishuv hujjatlari imzolangan bo’lib, shundan 4 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatiga taalluqli.

2015 yilda O’zbekiston Respublikasi IIV hamda Koreya milliy politsiya agentligi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolangan bo’lib, ushbu yo’nalishda hamkorlik aloqalari muvaffaqiyat bilan davom etmoqda.

General-mayor D. Nazarmuhamedov so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi islohotlarga alohida to’xtalib o’tdi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli ravishda tashkil etish, shuningdek, diniy ekstremizim, terrorizm va boshqa turdagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha belgilangan aniq maqsad va vazifalar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Ichki ishlar organlari tizimida asosiy kuch va e’tiborni quyi bo’g’inlarga yo’naltirish orqali birinchi navbatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga e’tibor qaratilishi natijasida 2017-2018 yillar davomida sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin qisqarishiga erishilganligini ta’kidlab, natijada umumiy jinoyatlar ko’rsatkichi so’nggi ikki yil davomida har 100 ming aholiga 273 tadan 150 taga qisqarganligini ma’lum qildi.

O’z navbatida, Koreya Respublikasi bosh prokurori Mun Mu Il samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

– O’zbekistonga tashrifim davomida poytaxt Toshkent shahrining go’zal va betakror joylarini tomosha qildim. Insonlar yuzidagi xotirjamlik, atrofdagi batartiblik yurtingizda haqiqatan ham tinchlik va xavfsizlikning barqarorligidan dalolat berib turibdi, – dedi janob Mun Mu Il. – Bu esa bevosita mamlakatda ichki ishlar organlari faoliyatining samarali tashkil etilganligini tasdiqlaydi. O’ylaymanki, kelajakda o’zaro ishonch ruhidagi hamkorligimiz yanada mustahkamlanib boraveradi.

Uchrashuv yakunida Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, general-mayor D. Nazarmuhamedov yuqori martabali mehmon va delegatsiyaning boshqa a’zolariga esdalik sovg’alarini topshirdi.

Поделиться