O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashuv

2019-05-01 | Siyosat

2019 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqot avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Mehmet Sureyya Erni yaqindagina yuksak martabaga erishgani — mamlakatimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining barcha jabhalarida demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. Ayniqsa, tashqi siyosat borasida tub o‘zgarishlar qilindi. Bugun xalqaro maydonda O‘zbekistonga ochiq, ishonchli va istiqbolli hamkor sifatida qaralmoqda.

Ta’kidlanganidek, Turkiya O‘zbekistonning katta siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega hamkor davlatlaridan biri hisoblanadi. Keyingi paytda O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining o‘zapo hurmatga asoslangan ko‘p qirrali aloqalari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Turkiya bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatlarga asoslangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy-moliyaviy, gumanitar sohalardagi munosabatlarga tayangan strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib keladi.

Bu jarayonda, albatta, mamlakatlarimizning parlamentlararo hamkorlik aloqalari ham muhim rol o‘ynaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda Turkiyaga davlat tashrifi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning o‘tgan yili O‘zbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Boisi, mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘idagi oliy darajadagi muzokaralar natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangani, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning esa o‘tgan yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament a’zolari oldida nutq so‘zlagani ham o‘rtadagi o‘zaro ishonch ko‘priklarini yanada mustahkamladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi vakillari o‘rtasidagi o‘zaro delegatsiyalar tashriflari, uchrashuvlar, do‘stona muloqotlar O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yangi bosqichida muhim o‘rin tutyapti, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining hamkorlik aloqalarini tobora rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Muloqot chog‘ida yuqori martabali mehmonga mamlakatimiz parlamenti quyi palatasining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qo‘mita va fraktsiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida batafsil so‘zlab berildi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish, aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, investitsiyaviy, turizm, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi. 

Поделиться