O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Shovot tumanidagi qadrdon maktabiga kitoblar sovg‘a qildi

2019-05-01 | Jamiyat

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish - bu Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Jamiyatning har bir a’zosi, hoh u rahbar bo‘lsin, hoh oddiy inson ushbu 5 tashabbus orqali o‘rtaga tashlangan g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga intilmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham joriy yilning 29 aprelida o‘zi ta’lim olgan - viloyatning Shovot tumanidagi 47-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tumandagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida bo‘ldi.

Maktab o‘quvchilari bilan suhbatda vazir ta’lim olish, kitob o‘qish har bir yosh uchun muhimligini ta’kidladi. Kitob o‘qish orqali insonlarning dunyoqarashi kengayishi, nutqi ravon bo‘lishi, xotirani mustahkamlashi, insonni shaxs sifatida shakllanishida alohida ahamiyatga egaligini qayd etdi. Shu bilan birga, har bir inson hayotining muayyan bosqichlarida muhim rol o‘ynaydigan kitoblar borligiga alohida urg‘u berdi.

Uchrashuv davomida R.Davletov bilim olgan ta’lim maskanlariga o‘zbek va xorijiy mualliflarning turli tildagi yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, mehr-oqibat, bilim va donolik, ruhiy va intellektual o‘sishni o‘rgatadigan huquqiy hamda badiiy turdagi 100dan oshiq kitoblarni topshirdi.

Bundan tashqari, tumandagi ushbu ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi yoshlarning kompyuter bo‘yicha savodxonligini yanada oshirish, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish va internetdan samarali foydlanishlarida ko‘mak bo‘lishi uchun 15 ta kompyuter jamlanmasi, noutbuk hamda videoproyektorlarni ham taqdim etdi.

Tashkil etilgan tadbirlarda maktabning sobiq o‘quvchisi Ruslanbek Davletov bilan birga tuman hokimligi, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi,“Nuroniy” jamg‘armasi tuman kengashi mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Поделиться