O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi to’g’risida

2019-05-01 | Siyosat

2019-yilning 2-may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.

3-may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

Поделиться