O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
40 dan ortiq mamlakat ishbilarmonlari Navoiyda
2019-05-01 | Iqtisodiyot
Navoiy viloyatida “Invest In Navoi” II Xalqaro biznes-forum ish boshladi.
Xalqaro biznes-forumda dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan 250 dan ortiq ishbilarmonlar, investorlar, yurtimizdagi qator xorijiy davlatlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning birinchi kuni Navoiy viloyat hokimi Q.Tursunov ishbilarmonlar bilan uchrashib, viloyatda xorijiy investorlar uchun oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi mavzularda muzokaralar oʻtkazdi.
Forum ishtirokchilari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi qoʻshma korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Xalqaro biznes-forum oʻz ishini davom ettirmoqda.
Siroj Aslonov (surat), OʻzA