O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vazirligi axboroti
2019-05-01 | Ta’lim
2019-yil 29-aprel kuni soat 02:00 larda Oʻrtachirchiq tumani hududida Buxoro shahridan Parkent tumaniga qaytayotgan Mercedes-Benz rusumli yoʻlovchi avtobusi halokatga uchradi. Yoʻlovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Halokat paytida avtobus salonida 56 nafar kishi boʻlgan. Jumladan, yoʻlovchilar orasida Toshkent viloyatidan maktab oʻquvchilari boʻlgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida yetti kishi turli darajadagi jarohatlar olganlar. Ularga halokat joyida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati bolalarni Buxoroga uyushtirilgan safarining tashkil etilish jarayoni bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganmoqda.