Nufuzli musobaqa oldidan Sirdaryoning Baxt shahrida O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Tan olish kerak, Bahodirlar sport o‘yini respublikamizda eng yosh, tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan esada xalqaro maydonlarda o‘ziga xos obro‘ga, o‘rniga ega bo‘ldi.
Mamlakatimiz nafaqat qit’a, balki jahon miqyosidagi ko‘plab xalqaro turnirlarga mezbonlik qilishga ulgurgan. Yana bir oydan so‘ng yurtimiz navbatdagi nufuzli musobaqani qabul qiladi.
Sport mutasaddilari va pahlavonlarimiz 7-12 iyun kunlari Xiva shahrida bo‘ladigan yoshlar (2001-2003 yillarda tug‘ilgan atletlar) o‘rtasidagi jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasida 1-Osiyo ochiq chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Mazkur musobaqa Paxlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlanishi bilan ham ahamiyatli. O‘yinlar, sezib turganingizdek, ochiq osmon ostidagi muzey, ya’ni Ichan qal’ada tashkil etiladi.
Osiyo va jahon chempionati oldidan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida Bahodirlar sport o‘yinining tosh ko‘tarish turi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi. Unda Farg‘ona va Navoiy viloyati vakillaridan tashqari barcha viloyat va shaharlarning 200dan ziyod sportchilari sovrinlar uchun bahs olib bordi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida ham bellashuvlar o‘tkazildi.
Musobaqada quyidagi polvonlar bosh sovrin sohibi bo‘lishdi:
O‘smirlar o‘rtasida (2001-2003 y.t.):
Qudratullo Norboev (60 kg, Paxtaobod)
Asadbek O‘zganboev (70 kg, Xo‘jaobod)
Normuhammad Muxtorov (70 kg, Xo‘jaobod)
Shohruh Bahodirjonov (75 kg, Paxtaobod)
Nasrullo Yo‘ldoshev (75 kg, Paxtaobod )
Asadullo Turkistonov (55 kg, Xo‘jaobod).
Yoshlar o‘rtasida (1997-2000 y.t.):
Muhammadali Fayzullaev (60 kg, Sirdaryo)
Adhamjon Islomov (65 kg, Toshkent shahri)
Sarvar Arslonboev (75 kg, Sirdaryo)
Ikrom Sattorov (90 kg, Sirdaryo)
Ma’rufjon Hakimjonov (90 kg, Sirdaryo)
Ayollar o‘rtasida:
Ruxshona Tolibjonova (55 kg, Paxtaobod)
Rushana Bozorboeva (60 kg, Paxtaobod)
Yodgoroy Najimova (70 kg, Xo‘jaobod)
Nigora O‘zganova (+70 kg, Xo‘jaobod)
Kattalar o‘rtasida:
Sardor Ergashev (60 kg, Sultonobod)
Qodirjon Arziboev (65 kg, Toshkent sh.)
Ulug‘bek Sharofuddinov (80 kg, Sirdaryo)
Ibrohim Nazarov (90 kg, Toshkent sh.)
Islombek Hakimjonov (+90 kg, Sirdaryo)
Nogironlar o‘rtasida:
Sirojiddin Mamajonov (70 kg, Xo‘jaobod)
Javohir Xalilov (80 kg, Paxtaobod)
Bahodirlar o‘yini bo‘yicha bosh sovrin sohibi G‘iyosdin Ahmedov (Andijon sh.).