O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investorlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar-treyning o‘tkazildi

2019-04-30 | Jamiyat

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2019 yil 25 aprel kuni investorlar va davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Investitsiya kiritish jaroyonida shartnomaviy majburiyatlarni bajarish va uni rasmiylashtirish jihatlari” mavzusida seminar-treyning bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treyningda investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktyabrdagi 279-sonli qarori asasida davlat mulki ob'yektlarini baholash, savdoga chiqarish, sotish va uning turlari, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilash, shartnoma majburiyatlarini bajarish tartibi, investitsiya kiritish jarayoni va uni monitoring qilish, hujjatlashtirish hamda qabul qilish tartiblari, ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar asosida muvofiqlashtirilishi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Ushbu seminar avvalo tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tashkilotlari bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan va oshirilishi ko‘zda tutilgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, jamiyatda yangi ish o‘rinlarini yaratilishi borasida uchrayotgan muammolar yuzasidan tanqidiy-tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, investorlarda uchrayotgan muammolarga amaliy yondashgan holda ularni yechimi yuzasidan munozaralar bo‘ldi.

Qolaversa, bugungi kunga qadar investorlar tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotilgan davlat aktivlariga kiritiladigan investitsiyalarni, tomonlar o‘rtasida rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnoma shartlariga ko‘ra bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi bo‘yicha so‘z borib, olingan investitsiya majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagan investorlarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar bo‘yicha ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

Поделиться