O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy matbuot markazida navbatdagi matbuot anjumani o’tkazildi

2019-04-30 | Jamiyat

Joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahriagi Milliy matbuot markazida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan “Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar faoliyati hamda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

Unda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig’i general-mayor Qutbidin Burxonov, Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Rustambek Kamolov, IIV Malaka oshirish instituti boshlig’i podpolkovnik Abduraxmon Pardiev va bir qator soha xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanni Q.Burxonov ochib, respublikamizda joriy yilning birinchi choragida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan tizimli ishlar haqida axborot berdi. Shundan so’ng, R.Kamolov IIV Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan istiqbolli vazifalar xususida to’xtalib o’tdi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida IIV Akademiyasi, akademik litseylari faoliyatlari haqida yig’ilganlarga axborot berdi.

O’z o’rnida aytish joizki, IIV Akademiyasida kadrlar tayyorlashning bir pog’onali tizimi bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklining muddati uch yilni tashkil etib, jami 1658 nafar kursantlarga “Tergov faoliyati”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Ekspert-kriminalistik faoliyat”, “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati”, “Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash faoliyati”, 2019-2020-o’quv yilida esa “Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati”ta’lim mutaxassisliklari bo’yicha magistr darajasiga tenglashtirilgan oliy ma’lumotli “Yurist” malaka darajasi hamda “leytenant” yoki barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirgan bitiruvchilarga “katta leytenant” maxsus unvoni berilishi yo’lga qo’yilgan.

Shuningdek, mazkur qaror bilan Ichki ishlar vazirligining idoraviy Akademik litseylari tashkil etilib, bugungi kunda respublikamizning har bir hududida 1 tadan jami 14 ta akademik litseylar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda umumiy 7923 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Bundan tashqari yurtboshimizning 2017 yil 29 noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari yuzasidan vazirlikning “Jar” sport-sog’lomlashtirish kompleksiga qarashli harbiylashtirilgan maktab-internati bazasida IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi va hozir u erda jami 236 nafar bola ta’lim olmoqda.

Matbuot anjumani davomida IIV Malaka oshirish instituti boshlig’i A. Pardiev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur institutning faoliyati haqida batafsil to’xtalib o’tdi.

Tadbir mobaynida ommaviy axborot vositalari vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Поделиться