O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olotda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

2019-04-29 | Jamiyat

Aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, ularning muammolariga yechim topish maqsadida Olot tumanidagi “Xumo” madaniyat va istirohat bog‘ida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. 400 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida shaxsan viloyat hokimiga ishga joylashish, fuqarolikni rasmiylashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, imtiyozli kredit olish, hududda maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, fuqarolarning salomatligini tiklash va nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer ajratish, uy-joy, moddiy yordam kabi masalalarga oid 100 dan ortiq murojaat qabul qilindi.

— Mahalladoshlarimning iltimosi bilan ularning nomidan viloyat hokimiga ko‘chamizni shag‘allashtirish masalasi bo‘yicha murojaat qildim, — deydi “Dilkor” mahallasida yashovchi fuqaro Sharofat Hamidova. — Qish qirovli kunlarda bizku bir amallarmiz, lekin bolalarimiz o‘qishga borishi uchun loy kechib o‘tishi kerak. Shuningdek, hududimizda bog‘cha mavjud emas. Ikkala murojaatim ham ijobiy yechim topdi. Ko‘chamiz yaqin kunlarda shag‘allashtiriladigan, mahallamizda 75 o‘rinli bog‘cha quriladigan bo‘ldi.  

Qabul doirasida viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. 158 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda qatnashgan fuqarolarning 35 nafari nogironlik aravachasi, 23 nafari eshitish moslamasi, 6 nafari qo‘ltiqtayoq, 5 nafari hassa  bilan ta’minlandi.   Shuningdek, qabul chog‘ida hududda mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, fuqarolarga tumandagi 32 ta korxonada mavjud 125 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 10 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Yana 30 nafar fuqaroning muqim ish o‘rni va daromad manbaiga ega bo‘lishi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Sayyor qabulda aholi boshqa sektor rahbarlari, O‘zbekiston Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda barcha korxona va tashkilotlar mutasaddilariga ham o‘nlab muammolar yuzasidan murojaat qildi. Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

Bundan tashqari, ommaviy sayyor qabul Halq sayliga aylanib ketdi. Viloyat hokimi tashabbusi bilan aholiga osh tarqatildi, Viloyat Davlat xizmatlari agentligi hamda adliya boshqarmasi hodimlari tomonidan aholiga huquqiy maslahatlar berildi. Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Поделиться