O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijonda yangi sayyohlik maskani foydalanishga topshirildi
2019-04-29 | Turizm
Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida "Elegant innivation" MChJ tomonidan barpo etilgan "Delfin ko'li" dam olish maskanining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, Xonobod shahar hokimi Musoxon Mamadaliyev va boshqa bir qator tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog'ida hududda bir qator istiqbolli loyahalarni amalga oshirish bo'yicha topshiriqlar bergan edi. O'tgan davr mobaynida viloyatda aholi uchun yana bir dam olish maskanining barpo etilgani aholini mamnun etdi.
Tadbirda Qo'mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Aqqulov - mazkur dam olish maskani o'zining zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Yangi bunyod etilgan majmua hududning turizm salohiyatini oshirish, sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatishni tashkil etishga yo'naltirilganligini ta'kidlab o’tdi.
Loyiha qiymati 1 milliard so'mga teng bo'lib, qisqa davr ichida qarovsiz joy butunlay yangi qiyofa kasb etdi. Kampirravot MFYda qad rostlagan maskan sun'iy ko'l, 7 ta 2 qavatli kemping, yozgi kafe, cho'milish havzalaridan iborat.
Yangi bunyod etilgan dam olish maskani nafaqat yurtimiz ahli, balki xorijlik mehmonlar uchun ham qulay va sifatli dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.