O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Huquqiy targʻibotni baholash tartibi belgilandi

2019-04-28 | Jamiyat

2019 yil 9 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan boʻlib, mazkur farmon asosida bir qancha vazirlik va idoralarga muhim vazifalar yuklatilgan edi.

Jumladan, Adliya vazirligiga:
 
– ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
 
– davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
 
– davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
 
– aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
 
– ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibi toʻgʻrisida qaror ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi. Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 20 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 342-sonli Qarori tasdiqlandi.
 
Qarorda Monitoring qilish va baholashda quyidagilarning bajarilishi holati tahlil qilinishi belgilandi:
 
– Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dasturlar, “yoʻl xaritalari”;
 
– normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari;
 
– davlat organlari va tashkilotlar tomonidan oʻzining soha faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni targʻib qilish yuzasidan tasdiqlangan targʻibot rejalarini monitoring qilish va baholashni oʻtkazish Adliya vazirligi va uning hududiy organlariga yuklatildi.
 
Monitoring qilish masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan huquqiy targʻibot boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tegishli maʼlumotlarni soʻrab olish orqali har yili ikki marotaba (may va oktyabr oylarida) amalga oshiriladi. Olingan maʼlumotlar tahlil qilinadi, oʻtkazilgan tadbirlar samaradorligi esa hujjat bilan tasdiqlangan maxsus baholash tizimi indikatorlariga muvofiq baholanadi.
 
Baholash natijalariga koʻra salbiy yoki past koʻrsatkichga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar masʼuliyatini oshirish hamda ularga huquqiy targʻibot tadbirlarini samarali tashkil etishda koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻriladi. Davlat organi tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda uning rahbari ogohlantiriladi.
 

 

Irodaxon Qahhorova, OʻzA

Поделиться