O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Boysun bahori” boshlandi

2019-04-27 | Madaniyat

Boysun tumanidagi Padang “Boysun bahori” folklor festivali boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan folklor-etnografik jamoalar oʻz sanʼatini keng namoyish etib, oʻzaro bahslashmoqda.
 
Xushmanzara tabiat qoʻynida tashkil etilgan kurash musobaqasi, arqon tortish, tosh koʻtarish, qoʻchqor, xoʻroz urishtirish, varrak uchirish va boshqa xalq oʻyinlari oʻtkazilmoqda. Har bir hudud uchun ajratilgan maydonlarga oʻrnatilgan oʻtov uylar atrofida noyob milliy hunarmandchilik buyumlari, turli asori-atiqalar namoyish etilmoqda. Tasviriy va amaliy sanʼat, milliy taomlar, liboslar koʻrgazmalari tashkil etilgan.
 
Serjilo togʻlar qoʻynida bayramona bezatilgan adirning yana bir sahnasida baxshi-shoir, oqin va jirovlar koʻrik-tanlovi avj olayotgan boʻlsa, boshqa sahnalarida teatrlashtirilgan sahna asarlari tomoshabinlarga oʻzgacha zavqu shavq ulashayotir.
 
 
–Jamoamiz tashkil etilganiga qariyb oʻttiz yil boʻlmoqda, – deydi Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi ”Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi rahbari O.Yoqubova. – Shu yillarda yurtimizning turli joylarida boʻlib oʻtgan festival va tanlovlarda hududimizga xos milliy qadriyatlarni keng namoyish etdik. Lekin, soʻlim togʻ qoʻynidagi betakror manzaralar bagʻrida tashkil etilgan bunday festivalda ilk marta qatnashmoqdamiz. Bu yerning goʻzal manzaralari, ob-havosi ham bizda oʻzgacha taassurot uygʻotdi. Yangi gʻoyalar asosida izlanishga chorladi. Dasturimiz tomoshabinlarga manzur boʻladi,degan umiddamiz.
 
Festivalning tantanali ochilish marosimi bugun kechki payt boʻlib oʻtadi.Unda taniqli folklor-etnografik jamoalar va el suygan mashhur sanʼatkorlarning rang-barang dasturlari namoyish etiladi.
 

 

Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA 

Поделиться