O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha ishga tushirildi
2019-04-26 | Iqtisodiyot
23-aprel kuni O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi besh yillik loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Yevropa Ittifoqi (15 mln. Yevro) va Jahon banki (150 mln. AQSh dollari) tomonidan moliyalashtiriladi va samaradorsizlik, kichik fermerlar uchun moliya va bozorga kirish cheklovlari, turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida munosabatlar muvofiqlashtirish darajasi, qiymat zanjirini samarasiz boshqarish, sifatli tibbiy xizmatlarining yetishmasligi va tadqiqot muassasalari uchun yetarli bo‘lmagan resurslar kabi chorvachilik sohasidagi asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan.
O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlarining 90 foizi kichik fermer xo‘jaliklariga bog‘liqdigi qayd etildi: kichik fermerlarning ko‘pchiligi past darajadagi hosildorlik, bozorlar va yuqori qiymat zanjirlariga qo‘shilish uchun zaif aloqalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Fermerlar dehqonchilikning yerlarining 15 foizdan kamrog‘iga egalik qilsalar ham, chorvachilikda ularning ulushi ishlab chiqarishning 90 foizdan ortig‘igacha ko‘paydi. Fermerlarga 94% yirik qoramol va 63% parrandalar tegishli. Kichik fermerlarning aksariyati uy xo‘jaliklarining ehtiyojlaridan ortiqcha tovar daromadlarini deyarli ishlab chiqarmaganligini hisobga olsak, unumdorlik pastligicha qolmoqda. Shu bilan birga, 4.7 million kichik fermerlar chorvachilikka o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tayanadi.
Loyiha, savdo qiymat zanjirlarida ishtirok etadigan kichik fermerlarning sonini ko‘paytirish, hosildorlik va ishlab chiqarishni oshirish, shuningdek, foyda va barqaror daromadlarni ko‘paytirish orqali tarmoq samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
«Fursatdan foydalanib, Yevropa Ittifoqi va Jahon banki delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar hamda doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Vazirliklari tomonidan yuksak baholanmoqda», - deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev
Bundan tashqari, loyiha fermer va qiymat zanjirining iqtisodiy operatorlari uchun tijorat banklari orqali imtiyozli kredit shartlari asosida kredit liniyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadigan eng yaxshi amaliyotlarni tarqatadi. Bundan tashqari, loyiha qiymat zanjiri ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi (ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va xizmat ko‘rsatuvchilarni texnik ko‘mak grantlari, kengaytirish xizmatlari va qo‘shimcha investitsiyalar orqali)
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprais ta’kidlaganidek - «Ushbu loyiha davlat xo‘jalik organlarining salohiyatini oshirish, davlat xizmatlarini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqotlarni o‘tkazish, veterinariya xizmatlari va qiymatlar tizimini rivojlantirishga qaratiladi. Xususan, Yevropa Ittifoqi granti kichik ishlab chiqaruvchilar uchun moliyalashtirish imkoniyatini ta’minlash, kichik fermerlarning samaradorligini oshirish va bozor ishtirokini kengaytirishga yordam beradi».
Jahon banki kreditlari veterinariya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning barcha hududlarida chorvachilikka ishlovchi kapital va investitsiyalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Jabborov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprais, Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Sergey Zorya ishtirok etdi.