O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH ishtirokchi davlatlar IIV/Politsiya ekspertlarining yig‘ilishi yakuniga yetdi
2019-04-26 | Jamiyat
25-aprel kuni ertalab “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Samarkand” konferentsiyalar zalida boshlangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik doirasida MDH ishtirokchi davlatlar IIV/Politsiya ekspertlarining yig‘ilishi yakunlandi.
Unda ekspertlar Kengash kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini, shuningdek MDH ishtirokchi-davlatlarning IIV/Politsiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo dasturni amaliyotga tadbiq etishning dolzarb masalalarini kelishib oldilar.
Yig‘ilish ishchanlik, konstruktiv hamkorlik va o‘zaro bir-birini tushunish ruhida o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarimida yig‘ilish qatnashchilari Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar, tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
MDH ishtirokchi davlatlar IIV/Politsiya ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tadbirni o‘tkazishdagi yuqori darajali tayyorgarlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.