O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2019-04-26 | Siyosat

2019-yilning 22-26-aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi mobaynida davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Toshkent va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati o‘rtasidagi Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuzasidan fikrlar almashildi.

Yig‘ilish do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari – O‘zbekiston Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullaev va Qozog‘iston TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Vyacheslav Gizzatov tegishli Protokol imzoladilar.

Uchrashuvlar jadvaliga binoan navbatdagi yig‘ilish Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tadi.

Поделиться