O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

2019-04-26 | Iqtisodiyot

2019-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiev Turkiyaning “Yildirim Holding” kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Metin Oktay bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-apreldagi 4286-sonli qarorini bajarish doirasida uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida birinchi elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida ishlab chiqilgan 1,2 milliard dollarlik loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar orqali Surxondaryo viloyatida amalga oshiriladi. Issiqlik elektr stantsiyasining quvvati tabiiy gazda 900 MVtni tashkil etadi.

Metin Oktay qayd etishicha, kompaniya ushbu loyihaning muhimligini anglaydi va xalqaro atrof-muhit standartlariga javob beradigan zamonaviy stansiya qurish uchun eng ilg‘or texnologiyalarni va nou-hauni jalb etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida kimyo sanoati, transport infratuzilmasi, tog‘-kon sanoati va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Yildirim Holding” kompaniyasi Turkiyada energetika, transport infratuzilmasi va logistika, kimyo va tog‘-kon sanoati kabi sohalarga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. U Turkiya, xorijiy davlatlar, shu jumladan, AQSh, Ispaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi 50 dan ortiq kompaniyalar bilan hamkorlikda investitsion loyihalarga ega.

Поделиться