O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Manama shahridagi konferensiyada ishtiroki to'g'risida
2019-04-26 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 27-28-aprel kunlari Manama shahrida (Bahrayn Podshohligi) bo‘lib o‘tadigan Janubiy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi 5-xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Konferentsiya Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) va AQSh Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bo‘yicha strategik tadqiqotlar markazi (NESA) tomonidan tashkil etilmoqda.