O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi Qozogʻistonga boradi

2019-04-26 | Madaniyat

Joriy yil 25 mayda Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi Qozogʻistonga ijodiy safarga borishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi maʼlumotiga koʻra, teatr jamoasi Qozogʻiston Respublikasida “Bir oʻlib koʻraychi” spektaklini namoyish qiladi. Ayni paytda jamoa mazkur ijodiy safarga qizgʻin tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
 
Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilgʻor tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va sanʼat muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga katta eʼtibor berilmoqda.
 
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Islohotlar samarasi Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi faoliyatida, sahnalashtirilayotgan asarlari mazmun-mohiyatida ham yaqqol sezilmoqda. Madaniyat va sanʼatning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ijodiy jamoa oʻz oldiga bir qancha vazifalarni maqsad qilib qoʻygan. 
 
2018 yil Qozogʻistonda “Oʻzbekiston yili”, deb eʼlon qilingan boʻlsa, joriy yil Oʻzbekistonda “Qozogʻiston yili”, deb eʼlon qilindi. Shu yilning 18 aprel kuni Shimkent shahar Oʻzbek drama teatri jamoasi Samarqandda ijodiy safarda boʻlib, “Qashqir uligan tun” spektaklini namoyish etgandi. Uchrashuvda delegatsiya aʼzolari samarqandlik hamkasblarini Qozogʻistonga taklif qildi. 
 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться