O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv

2019-04-25 | Jamiyat

2019-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan majburiy mehnatni bartaraf etish va odam savdosi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda AQSh ishlari bo‘yicha O‘zbekistondagi vaqtinchalik ishonchli vakil Alan Melser, siyosiy masalalar bo‘yicha ikkinchi kotib Brendon Shervud hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi vazirlik mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida majburiy mehnatga qarshi O‘zbekistonda so‘nggi yillar olib borilayotgan ishlar, xususan, bu borada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida fikr almashildi. Suhbat davomida AQSh vakili Alan Melser dunyo hamjamiyatini O‘zbekistondagi islohotlar, shu jumladan, mehnat sohasi bo‘yicha bajarilayotgan samarali ishlardan boxabar qilish maqsadida maxsus ma'ruza tayyorlanishini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar faol hamkorlik munosabatlarini davom ettirish va o‘zaro ma'lumot almashishga kelishib oldilar.

Поделиться