O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident “Huawei” kompaniyasining Innovatsiyalar markazida bo‘ldi

2019-04-25 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25-aprel kuni “Huawei” kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.

“Huawei Technologies” raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Innovatsion axborot mahsulotlari va yechimlari, ma’lumot uzatish tizimlari, optik qurilmalar, routerlar, tarmoq uskunalari, ma’lumot markazlari, iste’molchilar uchun smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar, maishiy elektr jihozlari ishlab chiqarish kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. 
 
O‘zbekistonda “Huawei” kompaniyasi bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, mobil aloqa operatorlari va  provayderlari tarmoqlarini rivojlantirish, optik tolali aloqa liniyalari yordamida yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish texnologiyalarini ishga tushirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilgan.  
   
Prezident Shavkat Mirziyoyev dastlab “Huawei” kompaniyasining eng so‘nggi texnologik yechimlari va mahsulotlari namunalari bilan tanishdi.

Kompaniya asoschisi Jen Chjenfey bilan mamlakatimizda “Xavfsiz shahar”, “Elektron hukumat” va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz kompaniyaning sun’iy intellektga asoslangan texnologik yechimlariga yuqori baho berdi.

Davlatimiz rahbari kompaniya bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilgan loyihalar, mutaxassislarni tayyorlash masalalari bilan qiziqdi. 

- Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuv yakunida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Поделиться