O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston mudofaa vaziri Moskvadagi VIII Xalqaro xavfsizlikka bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdi
2019-04-25 | Siyosat
23 aprel kuni Rossiya Federatsiyasida xalqaro xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman o‘z ishini boshladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham ishtirok etmoqda.
Anjuman kun tartibiga xalqaro xavfsizlik qarashlarini shakllantirishda eng muhim hisoblangan masalalar muhokama qilinadi. Alohida plenar sessiyalar davomida zamonaviy harbiy xavf va tahdidlar, shu jumladan, qurollarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashiladi. Yaqin Sharqdagi, xususan, Suriyadagi vaziyatni har tomonlama barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
Alohida sektsiya majlislaridan Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mintaqalarida xavfsizlik masalalari, ular bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish kabi mavzular o‘rin olgan.