O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy madaniyat va sanʼat ravnaqi yoʻlida

2019-04-25 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida madaniyat vaziri B.Sayfullayevning hisoboti tinglandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 fevraldagi 2019 yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisidagi farmoyishi va 2018 yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlarga asosiy eʼtibor qaratildi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Prezidentimizning 2017 yildan buyon sohaga oid 20 ta farmon va qarori, Hukumatning 54 ta qarori qabul qilinganligi ham bu boradagi ishlarning koʻlamini koʻrsatadi.
 
Mustaqil davlatimiz tarixida Xalqaro maqom sanʼati anjumani hamda Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining oʻtkazilishi noyob merosimizning nufuzini jahon miqyosida oshirish yoʻlida muhim amaliy qadam boʻldi.
 
Belgilangan rejaga koʻra, mavjud 7 476 ta madaniy meros obyektidan 5 430 tasining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va yagona davlat kadastr tizimiga zarur maʼlumotlarni kiritish, 159 ta obyektda turistlar va aholining tashrifini elektron hisobga oluvchi turniketlar oʻrnatish hamda 5 953 ta obyektda muhofaza belgilarini oʻrnatish qayd etilgan.
 
2019 yilda respublika teatrlarida namoyish etish uchun 55 ta tarixiy, 60 ta milliy drama asari tanlab olingan. Oʻtgan yili teatrlarda 26 ta milliy drama, 18 ta tarixiy yangi spektakl taqdim etilgan boʻlsa, joriy yilda 29 ta milliy drama va 29 ta tarixiy spektakl sahnalashtiriladi.
 
“Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi tomonidan 2018 yilda namoyish etilgan 294 ta tomosha sonini joriy yilda yanada oshirish ham bu yilgi vazifalar sirasiga kiradi. Bu borada sirk tomoshalarini kutilmagan tryuklar va ekzotik hayvonlarning chiqishlari bilan boyitish ishlari ham jadal davom etmoqda.
 
27 mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan “Teatr tomoshalari haftaligi” oʻtkazildi hamda respublika boʻyicha turli janrlardagi 250 ta spektakl bepul namoyish etildi.
 
Muzeylar rahbarlari va amaldagi ilmiy tarkibining 150 nafari malakasini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda. Belgilangan rejaga koʻra, joriy yilning I choragida hududlardagi muzeylar tomonidan taʼlim muassasalari va yirik tashkilotlarda 100 ga yaqin koʻchma koʻrgazma tashkil etildi.
 
Joriy yil 1 mayga qadar kapital taʼmirlanishi belgilangan madaniyat markazlari hamda 10 mayga qadar yangi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlari toʻliq ekspertizadan oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi tegishli qaroriga asosan samarasiz ish yuritayotgan 74 ta madaniyat markazining faoliyati shu yil 1 apreldan tugatilgan.
 
“Virtual muzey” maʼlumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan 30 ta muzeydagi ishlarni toʻliq yakunlash va Oʻzbekistondagi muzeylarning yagona portalini hamda 106 ta muzeyda saqlanayotgan 2,5 millionga yaqin muzey eksponatiga oid maʼlumotga ega elektron katalogni yaratish belgilangan.
 
Hisobot yakunida milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi rejalar xususida batafsil maʼlumot berildi.
 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться