O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
2019-04-24 | Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:
1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev
Toshkent shahri,
2019 yil 23 aprel